|
|
 |
|
 |
Главная » 2008 » Mart » 21 » Ekologik havfli shaharlar
Ekologik havfli shaharlar | 07:36 |
Sanoat rivojlanishi aholi yashash darajasining o‘sishi omili sanaladi. Lekin ishlab chiqarish korxonalari miqdori shiddat bilan oshib borayotgan bir paytda atrof-muhit tozaligi bilan bog‘liq muammolar ham jiddiy tus olmoqda. Yaqinda Bleksmit instituti bu borada tadqiqot o‘tkazdi va sayyoramizning ekologik jihatdan eng xavfli 10 ta shahrini e’lon qildi. Institut mutaxassislari atrof-muhit tozaligi bo‘yicha mazkur shaharlardagi ahvol anchayin xatarli ekaniga e’tibor qaratganlar va ekologik holatni yaxshilash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirganlar. 1. Linfen, Xitoy Xitoyning ko‘mir havzasi “yuragi”da joylashgan Linfen shahri o‘nlab shaxtalar bilan ihotalangan. Atrof-muhit zaharli gazlar bilan shu qadar to‘yinganki, agar oppoq kiyimni yuvib, ochiq havoga qo‘yilsa, u bir zumda qop-qora tusga kiradi. Ekologik xavfli muhit tufayli shaharning 3 million aholisi turli kasalliklarga chalingan. 2. Tyantszin, Xitoy Shahar butun mamlakat miqyosida ishlab chiqarilayotgan qo‘rg‘oshinning yarmini beradi. Biroq texnologiyalar sifatining pastligi, ekologik holat nazoratining sustligi tufayli davlat g‘aznasiga millionlab daromad keltirayotgan soha ayni paytda minglab aholi salomatligiga tahdid solmoqda. 3. Sukinda, Hindiston Xrom moddasi eng zararli kimyoviy unsurlardan sanaladi. Agar ushbu metall zarrasi nafas yo‘li orqali inson tanasiga kirib qolsa, u saraton xastaligini qo‘zg‘ashi mumkin. Sukinda shahrida ana shu o‘ta xavfli metall ochiq usulda qazib olinadi. Shaharning 2,6 million aholisi nobop ob-havo tufayli og‘ir xastaliklarga chalingan. 4. Vapi, Hindiston Vapi mamlakatning yirik sanoat tugunida joylashgan. Lekin bu ustunlik shahar aholisiga qimmatga tushyapti. Nega deganda, hududda, o‘ta noqulay sharoitda qayta ishlanayotgan simob moddasi atrof-muhit tozaligiga juda katta zarar keltirmoqda. 5. Oroya, Peru Lotin Amerikasida joylashgan ushbu shahar aholisi ham kimyo sanoati tufayli qattiq aziyat chekyapti. Oroyada qayta ishlanayotgan qo‘rg‘oshin, mis, rux kabi moddalar atrof-muhit tozaligiga necha o‘n yillardan beri zarar yetkazib kelyapti. Shaharda istiqomat qilayotgan bolalarning 99 foizi zaharli moddalar tufayli turli darajada kasallangan. 6. Dzerjinsk, Rossiya Sovuq urush davridagi qurollanish poygasi Rossiyaning ko‘plab shaharlari qatori Dzerjinskda ham mash’um izini qoldirib ketgan. Tahlillarga ko‘ra, 1930-1998 yillar mobaynida shahar hududiga 300 ming tonna zaharli moddalar ko‘milgan. Hududdagi suv ifloslanishi xavfcizlik darajasidan 17 million (!) barobar yuqori. Shu bois ham, Dzerjinsk shahri Ginnesning rekordlar kitobida dunyodagi eng ifloslangan shahar sifatida qayd etilgan. 7. Norilsk, Rossiya Norilsk shahri 1935 yilda surgun qilinganlarning mehnat lageri sifatida bunyod etilgan. O‘shandan beri shahar Rossiyaning metallurgiya markazlaridan biri bo‘lib kelyapti. Hududda ishlayotgan yuzlab korxonalar har yili havoga 4 million tonna zaharli gaz chiqaradi. Ekologik fojia shu qadar jiddiyki, shahardan 50 km radiusda joylashgan yerlarda ham tirik giyoh o‘smaydi. 8. Chernobil, Ukraina 1986 yilning 26 aprelida atom stantsiyasi reaktorining portlashi natijasida shahar dahshatli ofat iskanjasida qoldi. Ko‘rinmas xatar — nurlanish oqibatida necha minglab insonlar qurbon bo‘ldi, yana qancha kishilar davosiz kasalliklarga chalindi. Oradan 20 yildan oshiqroq vaqt o‘tganiga qaramay, shahar hali ham ekologik xavfli hudud bo‘lib qolyapti. 9. Sumgait, Ozarbayjon Shahar sobiq Ittifoq davrida neft va kimyo sanoatining yirik markazlaridan biri bo‘lgan. O‘sha paytlarda havoga har yili 120 ming tonna zaharli moddalar chiqarilgan. Garchi bugungi kunda aksariyat zavodlar yopib qo‘yilgan bo‘lsa-da, zaharli moddalar tarqalishi davom etyapti. 10. Kabve, Zambiya Kabve shahrida 1902 yili dastlabki qo‘rg‘oshin koni ochilgan paytda Zambiya Angliya davlati mustamlakasi edi. Shu bois ham u paytlarda hech kim aholi salomatligi masalasida qayg‘urib o‘tirmagan, shahar hududida kimyoviy korxonalarning ishlashi haddan ziyod og‘ir oqibatlarga olib kelishi haqida ham eslanmagan. Natijada yillar davomida Kabve shahri aholisi og‘ir kasalliklarga duchor bo‘ldi, nogiron va aqli zaif bolalarning dunyoga kelishi odatiy holga aylandi. Bugun ham shahar havosiga tarqalayotgan qo‘rg‘oshin miqdorini astronomik hisobda aniqlashga to‘g‘ri keladi. Vaziyat har qancha tahlikali bo‘lmasin, kelajakka umid qilsa bo‘ladi. Jahon banki yaqinda Kabve shahri ekologik holatini yaxshilash uchun 40 million dollar mablag‘ ajratgan
|
|
Просмотров: 40210 |
Добавил: odilbek
|
|
|
 |
Статистика |
 |
|
Tarmoqda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|